«Xalqaro psixologlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbir ana shunday nomlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir oliygohning «Umumiy psixologiya» kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Tadbirga taklif etilgan mehmonlar dastavval madaniyat saroyi kirish eshigi yonida tashkil etilgan kayfiyat burchagiga tilak va istaklarini yozib qoldirishdi.
«Xalqaro psixologlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni Universitet Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. Sana munosabati bilan Pedagogika fakultetida Psixologiya kafedrasi tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mavzu doirasida ma’ruzalar tinglandi.Unda psixologiyaning bugungi kunda inson hayotidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Bayram tadbirida universitetning “Pedagogika va psixologiya” fakulteti talabalari faol ishtirok etdi. Ular turli xil psixologik metodlar, savol – javoblar, sahna ko‘rinishlari raqs va qo‘shiqlar orqali inson miyasi yashiradigan bilimlarning kichik bir qismini namoyon qilishdi. Tadbirda talabalar tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan psixologik savol-javoblar natijalari ham taqdim etildi. Shuningdek, jarayonda zaldagi tomoshabinlar bilan birgalikda “Ranglar metodikasi”, “Tafakkur metodikasi” yo‘nalishida turli xil psixologik treninglar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida faol qatnashgan talabalar va ishtirokchilar taqdirlanishdi.