Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2026
Chop etish
Professorlar safi yana bittaga ko‘paydi: ilmiy unvon attestati tantanali topshirildi.

Har doimgidek kengash yig‘ilishi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.Universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Rahmatova Feruza Abulqosimovnaga ilmiy unvon attestatini tantanali ravishda topshirib, uni ushbu yuksak ilmiy natija bilan samimiy tabrikladi.

Mazkur e’tirof pedagog-xodimning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kengash yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o‘tildi. Unda universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 2025-yilda fakultet va kafedralarda davlat grantlari, xorijiy grantlar hamda xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, ularni tijoratlashtirish jarayoni va istiqboldagi vazifalar yuzasidan hisobot tinglandi.

Yig‘ilishda universitetda HEMIS axborot tizimi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda akademik mobillik doirasida olib borilayotgan ishlar tahlili ham muhokama etildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.


Ulashish:
2 275
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.