Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/07/2023
Chop etish
 “Pedagogika sohasidagi ilmiy-madaniy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari ” mavzusidagi yozgi maktab dasturi tashkil etildi.

Universitet o‘quv amaliyot bazasida iqtidorli talabalar uchun “Pedagogika sohasidagi ilmiy-madaniy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari ” mavzusidagi yozgi maktab dasturi doirasida tashkil etildi.Ayni kunlarda ushbu o‘quv amaliyot bazasida iqtidorli talabalar ishtirokida  turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yin bahs-munozaralarga juda boy bo‘ldi. Natijada “MIRACLE” jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Jamoa tarkibida Lochinbek Abduvoitov, Shoira Yuldosheva, Mashhura Nazarqulova, Jasur Tugalov, Umidjon Qodirov, Laylo Xudoyberdiyevalar faol ishtirok etishdi.

“Men sevgan adib”, “Men sevgan qahramon” mavzusida kitobxonlik tanlovida esa  1-o‘rinni Adolat Mamanazarova, 2- o‘rinni Mehribon Abdurazzoqova va Shoxrux Qurbonov, 3- o‘rinni Amonova Aziza va Nurpari Xushnazarova egalladi.

Yozgi maktab dasturi doirasida sport musoboqalri ham tashkil etilmoqda. Yaqinda ishtirokchilar o‘rtasida  stol tennisi musobaqasi  o‘tkazildi. Musobaqada 1- o‘rinni Muxlisa Qirjigitova, 2-o‘rinni Jasur Tugalov, 3- o‘rinni Javohir Qo‘chqorov egalladi.

Shuningdek“Creative club” logotipini yaratish yuzasidan tanlov tashkil etildi. Tanlovda 1-o‘rinni “MIRACLE” jamoasi egalladi. Jamoa tarkibida Lochinbek Abduvoitov, Shoira Yuldosheva, Mashhura Nazarqulova, Nurpari Xushnazarova, Farangiz Qobilovalar faol ishtirok etishdi


Ulashish:
983
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.