Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/06/2024
Chop etish
O‘zbekiston-2030 strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni.

JDPUda bo‘lib o‘tgan ilmiy-nazariy konferensiya ana shunday nomlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti, tarix fakulteti “Falsafa,tarbiya va huquq ta’limi” kafedrasi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida  tashil etilgan konferensiyani JDPU rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

Fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish, Demokratik islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli, Ijtimoiy adolat – jamiyatda insonfarovonligini belgilovchi mezon, Milliy yuksalish sharoitida inson manfaatlarini ta’minlashda mahalla institutining o‘rni, Davlat siyosatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlarning o‘rni Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda “aql markaz”larning tutgan o‘rni, Davlat organlari va NNTlar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik  hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, Parlament nazoratining jamiyat va davlat munosabatlariga ta’sirchanlik omillari mavzulari muhokamasiga bag‘ishlangan seminarda yurtimizning bir qancha OTMlaridan olimlar ishtirok etishdi.

Savol-javoblar va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan seminar kunining ikkinchi yarmida sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.


Ulashish:
883
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.