Muloqotni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.
Talabalarning ota-onalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti faoliyatini tanishtirish bilan boshlandi.







Shuningdek, yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yili uchun universitet talabalariga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi, ta’lim tarbiyada ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati, Ota-onalar kengashi tarkibini qayta ko‘rib chiqish, korrupsiyaning oldini olishda ota-onalarning o‘rni, talabalarning psixologik holati kabi muhim masalalar muhokama etildi.






Talabalarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan muloqot o‘qishda va jamoat ishlarida faol talabalarning ota-onalarini taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.
