Jizzax davlat pedagogika universitetida «Nogironlar huquqlari – har bir nogironligi bo‘lgan shaxs hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir Jizzax shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda yuriskonsulti Jahongir Hayitov ham ishtirok etdi etdi.




Davra suhbatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni kamsitishning oldini olish, inklyuziv muhitni shakllantirish, shuningdek, ta’lim, mehnat va ijtimoiy hayotda teng ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.







Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasida davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.





