Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/02/2025
Chop etish
«Nazm va navo» kechasi
Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida “Nazm va navo” kechasi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti , O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, Jizzax viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan adabiy-musiqiy kechada So‘z mulkining sultoni – Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari asosida yaratilgan maqom qo‘shiqlar kuylandi. Milliy kuylar tinglandi. Buyuk ajdodlarimizning ijodidan ruboiy va muxammaslar ijro etildi.


Ulashish:
370
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarning biznes loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda Jizzax viloyati hokimi  birinchi o‘rinbosari  Zafar Azimov, Markaziy bankning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Salohiddin Botirov, “O‘zmilliybank AJ” viloyatbanki rahbari Nurulla Islamov hamda universitet rektori...
JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.