Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/09/2023
Chop etish
“Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida tadbirkor va yoshlar uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

JDPUda Forish tumanidagi “Rusteks Invest Products” masʼuliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi “Shuhrat” medali sohibi Turg‘un Ko‘chkunov bilan talaba yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etildi.

Tadbirkor Turg‘un Ko‘chkinovni nafaqat Jizzaxda, balki butun respublikada juda yaxshi tanishadi. Oddiy toshdan ip chiqarish g‘oyasi bilan tanilgan, kezi kelganda viloyatda maktab yaratgan tadbirkor bugungi uchrashuvda o‘z mehnati, irodasi bilan erishgan yutuqlari bilan bo‘lishdi, tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Talaba yoshlarga motivatsiya berish ularni tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish  maqsadida tashkil etilgan uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzda bo‘lib o‘tdi.

 

 Yoshlarning tadbirkorlikka oid savollariga kecha qahramoni tomonidan  javob berish bilan bir qatorda  talaba bo‘lishiga qaramay allaqachon o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga ulgurgan yosh tadbirkorlarga zarur va o‘rinli maslahatlar ham berildi.

Albatta, bunday uchrashuvlar tag zamirida ezgu maqsadlar mujassam. Bir maqsadki, sevimli kasbidan tashqari tashabbuskorligi va izlanuvchanligi ortidan kichik bir qiziqishi sabab daromad topishni yo‘lga qo‘ygan, elga va yaqinlariga nafi tegadigan yoshlarimiz safi kengaysin.


Ulashish:
838
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.