Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/08/2026
Chop etish
«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori, professor Maksudjan Abdullayevich Yuldashev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida mustaqillik yillarida mamlakatimizda, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, universitetning bir yillik faoliyati davomida erishilgan natijalar, yutuqlar hamda istiqboldagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tantanali tadbirning badiiy qismi «Tarix — istiqlol — bugun — yoshlar — kelajak» g‘oyasi asosida tashkil etildi. Dasturdan Vatan va istiqlolni tarannum etuvchi milliy raqs kompozitsiyalari, o‘zbek mumtoz musiqasi, zamonaviy estrada qo‘shiqlari, talabalar ijodiy guruhlari hamda «Talabalar teatr studiyalari»ning sahna ko‘rinishlari o‘rin oldi.

Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston yoshlari» sahna kompozitsiyasi namoyish etildi. Yosh ijodkorlarning musiqiy va sahnaviy chiqishlari, milliy san’at namunalari hamda ijodiy dasturlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.


Ulashish:
27
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori, professor Maksudjan Abdullayevich Yuldashev tabrik...
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.