Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
01/02/2022
Chop etish
«MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI» tanlovida qatnashing va oʻz isteʼdodingizni roʻyobga chiqaring!

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlishi;

– aniq bir gʻoya yoki loyihaga ega boʻlishi;

-IQ test natijasi 110 balldan past boʻlmasligi;

– turli tanlovlarda gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega boʻlishi.

Tanlov 3 bosqichdan iborat:

1-bosqich joriy yilning fevral–mart oylarida tuman (shahar)larda;

2-bosqich aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida;

3-bosqich may oyida respublika miqyosida oʻtkaziladi.

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovida ishtirok etishni istagan yoshlar avval sayt orqali roʻyxatdan oʻtishi va IQ-test topshirishlari lozim.

Shuningdek, tanlovda qatnashish uchun @vorislar_tanlovi_bot orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.

 

Ajdodlarimizga munosib voris boʻlishni istagan yoshlarimizni tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

 

Batafsil maʼlumot www.lex.uz


Ulashish:
2 255
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.