Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2017
Chop etish
“Mening o‘nta sevimli kitobim” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti Ma’naviyat-targ‘ibot markazi majlislar zalida 2017 yil 14 mart kuni  “Mening o‘nta sevimli kitobim” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov, institut kasaba-uyushma qo‘mitasi raisi D.Ochilov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shnazarov, filologiya fanlari nomzodi, 1
dotsent U.Qosimov, o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Yu.Karimova, filologiya fanlari doktori, professor M.Xolbekov, filologiya fanlari doktori professor U.Jumanazarov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Soatov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent J.Norbekov, mehnat ta’limi va umumiy texnika kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Tog‘aev, “Jizzax xaqiqati”, -“Djizakskaya pravda” gazetasi bo‘lim muharriri  J.Mamatqulov, Jizzax politexnika instituti ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i B.Rashidova, O‘zbek tili o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Salimova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tanlovda fakultetlararo g‘olib bo‘lgan talabalardan 7 nafari ishtirok etdilar. 2Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov ochib berdi va tanlov komissiyasi bilan tanishtirib o‘tdi. Tanlov komissiyasi quyidagi shartlarga beriladigan javoblarning mukammallik darajasi asosida tanlovning 1,2,3-darajali g‘olibi va nomenantlarini aniqladi. Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3 bosqich talabasi F.Nizomova , ikkinchi o‘rinni Chet tillar fakulteti 4 bosqich talabasi Sh.Abloqulova, uchinchi o‘rinni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limi 3 bochqich talabasi  Sh.Qurbonovalar egalladilar. Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov tanlov g‘oliblari institut Navro‘z bayramida mukofotlar bilan taqdirlanishini aytib o‘tdi  va tadbirga yakun yasadi.


Ulashish:
1 506
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.