Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida mahalla bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi hamda Musiqa ta’limi nazariyasi kafedralari professor-o‘qituvchilari Jizzax shahridagi Toshloq mahalla fuqarolar yig‘ini bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar




Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, mahalla raisi va “Mahalla yettiligi” a’zolari, faollar hamda oqsoqollar ishtirok etdilar. Uchrashuv avvalida “Toshloq” mahallasi raisi O.Azizov hamda Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri F.Ibragimova loyihaning mazmun-mohiyati, uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va ta’lim muassasasi bilan mahalla hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdagi o‘rni xususida fikr bildirdilar.





Tadbir doirasida ma’ruzalar ham tinglandi. So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar “Mahalla oqsoqollarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida so‘z yuritib, milliy qadriyatlar uzviyligini ta’minlashda katta avlod vakillarining hayotiy tajribasi muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va uning amaliyotdagi ahamiyati ham tahlil qilindi.

“Mahalla taraqqiyoti va mamlakat rivojida o‘zaro hamkorlikning o‘rni” mavzusida ma’ruza ta’lim muassasasi va mahalla o‘rtasidagi institutsional hamkorlik ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Tadbir yakunida Musiqa ta’limi nazariyasi kafedrasining ijodkor ustozlari tomonidan tayyorlangan badiiy-muzikali dastur ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
