Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2026
Chop etish
“Men kelajagimga befarq emasman” psixologik aksiyasi o‘tkazildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan Narkoprofilaktika oyligi doirasida “Men kelajagimga befarq emasman” nomli psixologik aksiya tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda mas’uliyat hissini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda shaxsiy maqsad va hayotiy qadriyatlar haqida chuqurroq mushohada uyg‘otishdan iborat bo‘ldi.

Aksiya doirasida “Bugungi kayfiyatingiz” eksperimental so‘rovnomasi orqali ishtirokchilarning emotsional holati o‘rganildi, “Sizningcha baxt nima?” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Shuningdek, “Maqsad – 2026” motivatsion stikerlari tarqatilib, kelajakni aniq rejalashtirish va harakatni bugundan boshlash g‘oyasi ilgari surildi.

Mantiqiy shashka o‘yini esa strategik fikrlash va sabr-toqatni mustahkamlashga xizmat qildi.

Aksiya davomida sog‘lom turmush tarzi, ongli tanlov va zararli odatlardan yiroq bo‘lish g‘oyalari targ‘ib qilinib, yoshlarning ichki motivatsiyasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

 


Ulashish:
1 814
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.