Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/12/2024
Chop etish
Ma’rifat ulashib
Ezgulik, axloqiy g‘oyalar targ‘ibotiga asoslangan “Ma’rifat ulashib” loyihasining navbatdagi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan ijodiy-ma’rifiy uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasining bosh mutaxassisi hamda Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limining rahbari,iste’dodli shoira Zuhrabegim Eshonqulova ishtirok etdi.


Yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi mehmoni shoira Zuhrabegim Eshonqulova universitet qoshidagi 30-sonli tayanch maktabida bo‘ldi.

 

Muloqotda yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, yangi ijodkorlarni kashf qilish va qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni targ‘ib qilish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.O‘quvchilar shoira ijodidan she’rlar o‘qib berishdi.

«Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Talaba-yoshlar huzurida kechgan muloqot jarayonida yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida qilingan ishlar va “Ma’rifat ulashib” loyihasining mazmun-mohiyati, undan kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritildi.

 

Samimiy va mulohazalarga boy o‘tgan suhbatlar she’rxonlik va mushoiraga ulanib ketdi. Talabalar taniqli shoiraning she’rlaridan bir olam zavq va ma’naviy ozuqa oldi.Ushbu badiiy uchrashuv ijodkor shoira va talabalar o‘rtasida qizg‘in va samimiy suhbatlar asosida bo‘lib o‘tdi. Mehmon universitet kutubxonasiga o‘zining ijodidan bir qancha she’riy to‘plamlarini sovg‘a qildi. Tadbir so‘ngida «Hafta kitobxoni» loyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimiz sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
583
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.