Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/07/2025
Chop etish
Maqsadlar sari yangi qadamlar! Jizzax davlat pedagogika universitetida diplom topshirish marosimlari davom etmoqda.
Bugun Boshlang‘ich ta’lim fakultetida diplom topshirish marosimi bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilar, aziz mehmonlar va bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Shavkat Sharipov so‘zga chiqib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ayniqsa, pedagogik kadrlarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni haqida ijobiy fikrlarini bildirdi.

Diplomlar bitiruvchilarga tantanali tarzda topshirildi. O‘qituvchilarning samimiy tilaklari va bitiruvchilarning minnatdorlik so‘zlari tadbirga alohida ruh va iliqlik bag‘ishladi.

Bugun universitet nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli pedagoglarni jamiyat sari uzatdi. Ularning har biri – ertangi yorug‘ kelajagimizga ishonchli qadam, xalq ta’limi tizimida yangi nafas, kelajak avlodlarga mehru sadoqat bilan xizmat qiladigan ustozlardir.

Bitiruvchilarga oq yo‘l tilaymiz! Yangi hayot bosqichida ularga omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!


Ulashish:
10 700
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.