Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
18/02/2025
Chop etish
Manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishining oldini olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Universitetning Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilar va xodimlari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov boshchiligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida Ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud va mavjud emasligi, arizani elektron va qog‘oz ko‘rinishida olish, tahlil qilish, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rish, manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishining oldini olish lozimligi, bo‘limga kelib tushgan korrupsiyaga oid murojaatlar bo‘yicha zudlik bilan mas’ul xodimlarga xabar berish tizimini ishlab chiqish, korrupsion xavf-xatarlarni baholashda ishtirok etish va boshqa bir qancha masalalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, » Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha tushunchalar berildi.


Ulashish:
722
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.