Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2025
Chop etish
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETIDA OTA-ONALAR YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashabbusi bilan ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida “Musiqa ta’limi” kafedrasi badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan qo‘shiq, raqs va milliy cholg‘u orkestri ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi sho‘x va diltortar qo‘shiqlar, rang-barang raqslar hamda milliy kuy va taronalar ota-onalarning oladigan zavqini yanada oshirdi.

Konsert dasturidan so‘ng yig‘ilishning rasmiy qismi boshlandi. Unda fakultet rahbariyati va mas’ul mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzularda axborotlar berildi:

  • talabalarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi,

  • korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish,

  • dars mashg‘ulotlari jarayoni va nazorat tizimi,

  • bir yillik davlat granti tartibi haqida.

Shuningdek, tadbir davomida fakultet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarning ota-onalari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish yakunida esa ota-onalar kengashining yangi tarkibi saylandi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Bu kabi uchrashuvlar ota-onalar, talabalar va fakultet jamoasi o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
2 151
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.