Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/09/2025
Chop etish
Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari doirasida Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakultetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga 2025–2026 o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ham qator uchrashuv va tanishuv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yangi qadam qo‘ygan talabalarni universitet hayoti, ta’lim jarayoni va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

 Tadbirlar davomida:

  • Talabalar universitet rahbariyati va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda;

  • Fakultet va kafedralarning tarkibi, faoliyati hamda imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lmoqda;

  • Ta’lim jarayoni, ilm-fan va ijtimoiy hayot, shuningdek, talaba yoshlar uchun taqdim etiladigan keng imkoniyatlar haqida ba tushuntirish berilmoqda.

Ushbu jarayonlar yangi o‘quv yilni yuqori ruhda boshlash, talab kuchli motivatsiya uyg‘otish va ularning fakultet hayotiga tezroq moslashishlari uchun muhim zamin yaratib bermoqda.


Ulashish:
4 243
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.