Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilar va talabalari bilan «Korrupsiyasiz soha» mavzusida suhbat o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, talabalar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlarida professor-o‘qituvchilarni tamagirlik holatlariga va manfaatlar to‘qnashuviga undamaslik, yakuniy nazorat imtihonlarda o‘z bilimlariga tayangan holda baholarni olishlarini, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.