Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2025
Chop etish
Magistratura talabalarlariga xalqaro ta’lim dasturlari va xalqaro pedagogik faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash eng ustuvor vazifadir.

      Davlat rahbari tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish orqali  oliy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyati samaradorligini xalqaro talablar darajasiga moslashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’lim dasturlarini xalqarolashtirish orqali milliy mehnat bozoridagi o‘ziga xos raqobat sifatini ta’minlash hamda xalqaro mehnat bozor uchun ham raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash har bir oliy ta’lim muassasasining strategik vazifasiga aylanishi lozim.

      Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim siyosatidagi hamda ta’lim eksportidagi roli bu pedagogika sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlar sifati xalqaro ta’lim dasturlarini  o‘zlashtirganlik darajasi bilan belgilaniladi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida xalqaro darajada pedagoglarni tayyorlash orqaligina haqiqiy ta’lim eksportidagi rolini ko‘rsatishi mumkin.

      Ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda universitetda hamda Prezident maktablari tajribasi asosida talabalarda xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha ko‘nikmalarlarini shakllantirishga harakat qilinmoqda. Bugungi kunda universitet bitiruvchi kurs talabalardan 13 nafarning malakaviy amaliyotlari Prezident maktabida tashkil qilinmoqda hamda bu talabalar Prezident maktablariga zaxira kadr sifatida tayyorlanmoqda. Prezident maktabi tajribasida bu talabalar xalqaro STEAM fanlarini o‘zlashtirmoqda. Hozirgi vaqtga kelib 4 nafar talaba amaliyot natijasida Prezident maktabiga ishga qabul qilindi.

      Prezident maktablari talablari asosida o‘qituvchilar tayyorlash bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarida ham xalqaro dasturlar asosida o‘qitadigan pedagoglarni tayyorlash muhim vazifadir. Yaqin 5-yillikda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajali pedagoglardan ko‘ra xalqaro ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan pedagoglarning qiymati, nufuzi oshib boradi.

Mazkur ustuvor vazifalarni anglagan holda joriy yilning 24-apreli kuni magistratura 1 kurs bosqich talabalariga Jizzax shahridagi Prezident maktabi, Master STEAM xususiy maktab mas’ullari bilan birgalikda xalqaro toifadagi pedagoglarni tayyorlashga qaratilgan seminar tashkil qilindi. Seminarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari oshirish, xalqaro ta’limdagi imkoniyatlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.


Ulashish:
1 117
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.