Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KREATIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGNING INNOVATSION QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

Rahmatova Feruza Abulqosimovna Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat Pedagogika universiteti Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi mudiri, dotsenti Annotatsiya. Mazkur maqolada kreativ yondashuv asosida pedagogning innovatsion qobiliyatini rivojlantirish ilmiy jihatdan yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada umumiy o`rta ta’lim sohasida kechayotgan islohotlar, kreativ yondashuv asosida pedagogning innovatsion qobiliyatini rivojlantirish pedagoglar oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan biri ekanligi ilmiy nazariy jihatdan asoslab berilgan. Kalit so`zlar: kreativ yondashuv, tarbiyachi, pedagog, metodist, tarbiyalanuvchi, tafakkur, ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish, STEAM o`qitish. РАЗВИТИЕ ИННОВАЦИОННОЙ ПУБЛИКАЦИИ ПЕДАГОГА НА ОСНОВЕ КРАТИВНОГО ОСВЕЩЕНИЯ Аннотация. В статье научно подчеркивается развитие инновационных способностей педагога на основе творческого подхода. В статье также приводятся научные доказательства того, что текущие реформы в области общего среднего образования, развитие инновационного потенциала педагога на основе творческого подхода являются одной из основных задач, поставленных перед педагогами. Ключевые слова: творческий подход, педагог, педагог, методист, мышление, повышение качества и эффективности образования, обучение STEAM. DEVELOPMENT OF INNOVATION PUBLICATION OF PEDAGOG ON THE BASIS OF CRATIVE LIGHTING Annotation: The article scientifically highlights the development of the innovative ability of the educator based on a creative approach. The article also provides scientific evidence that the ongoing reforms in the field of general secondary education, the development of the innovative capacity of the educator on the basis of a creative approach, are one of the main tasks set for educators. Keywords: creative approach, educator, educator, Methodist, educator, thinking, improving the quality and efficiency of education, STEAM training. Globallashuv sharoitida Respublikamizda yuz berayotgan ta‘lim sohasidagi o`zgarishlar asosida ta‘lim tizimida kasbiy va metodik faoliyat samaradorligini oshirish, pedagogning kreativlik potensialini rivojlantirish yuzasidan keng miqiyosda izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayon bugungi kunda kreativ yondashuv asosida ta‘lim muassasalari pedagoglarining ta‘lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning ustuvor yo`nalishlari: noformal (o`qitish – asosiy izlanish “Hamkorlik strategiyasi” asosida o`quv jarayoniga innovatsiyalar, onlayn o`qitish, tyutorli ta‘limga urg`u berilishi) va informal (o`qitish – individual holatda va shaxsiy) o`qitish mazmunini takomillashtirish, bolalarning nutq va tafakkurini rivojlantirishning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish, mashg`ulotlarning integratsiyalashuvini ta‘minlashning turli modellari va texnologiyalarini yaratish zaruratini yuzaga keltiradi. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida ―…uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish vazifasi belgilanib, bu borada pedagoglarning kreativligini oshirish, ta‘lim mazmunini takomillashtirib borishda qulay sharoitlar yaratish, pedagogik deontologiya (yunon. «deontos» – loyiqlik, munosib, kerakli, tegishli, «logos» – ilm, ta‘limot) ni ta‘minlash orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, milliy qadriyatlarini anglash va qabul qilish asosida shaxs takomilida ma‘naviy-axloqiy dunyoqarash shakllantiriladi. Sog`lom turmush madaniyati aqidalariga rioya qilish asnosida pedagoglar innovatsion qobiliyatini rivojlantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Haqiqatdan ham kreativ yondashuv asosida pedagoglarning innovatsion qobiliyatini rivojlantirish zamirida sog`lom turmush madaniyati, sog`lom dunyoqarash asoslari shakllantiriladi. Ammo pedagoglar innovatsion qobiliyatini rivojlantirish tushunchalarini o`zaro birlashtirib turuvchi omil real hayot, ya‘ni amaliyot hisoblanadi. Real amaliy hayotda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab bolalarni odob-axloq me‘yorlari asosida dunyoqarashlari shakllantirib borilsa, unda bolalar ma‘naviy-axloqiy fazilatlarini tarkib toptirish oson va samarali kechadi, ma‘naviy dunyoqarash tafakkur jarayonining negizini tashkil etadi. Aytish joizki, noan‘anaviy ish usullari orqali pedagoglarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, innovatsion qobiliyatini rivojlantirishi yangi g`oyalar va yangicha shijoat bilan faoliyat olib borishi, mazmunli dam olishi, qiziqarli va foydali faoliyatlar bilan kun tartibining boyitilishi o`ta dolzarb va muhim vazifalardan bo`lib hisoblanadi. Demak, pedagoglarning ta‘limiy jarayonlardan tashqari vaqtini sermazmun o`tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini ta‘minlash, ular ongiga milliy g`oyani, vatanparvarlik tuyg`ularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish pedagoglarning kreativ potensialiga ko`p jihatdan bog`liq bo`lib hisoblanadi. Mazkur masalalar S.I.Gavrinava, N.G.Kutyavinalar tomonidan ilmiy mushohada qilinib kreativ yondashuv asosida pedagoglarning innovatsion qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi g`oyalar, bilimlar, nazariyalar, badiiy obrazlar va boshqa ma‘naviy qadriyatlar asosida ta‘lim muassasalarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali pedagogning ijodiy qobiliyatlarini o`stirishga, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlarning shakllanishiga, ta‘lim jarayonida yuksak samaradorlikga erishishi uchun muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda kreativ yondashuv asosida o`quvchilarning innovatsion qobiliyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirish pedagoglar oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan biridir. Bizning fikrimizcha, yuqoridagi muammolar orasida eng muhimlari pedagog xodimlarni ta‘lim jarayoniga kreativ yondashuv masalalarini modernizatsiyalash, innovatsiya va novatsiya, innovatsion ta‘lim texnologiyalari bilan qurollantirish lozim. Kreativ yondashuv asosida pedagoglarning innovatsion qobiliyatini rivojlantirish jarayonini mazmunli tashkil qilish tayanch o`quv rejasining qanchalik mustahkam egallanganligiga bog`liq. Aytish o`rinliki, pedagoglarning ijtimoiy sohadagi yangilanishlari asosida ta‘lim unsurlari jiddiy o`zgarishlarga uchradi. Shu bois, uzluksiz ta‘lim falsafasi, qonuniyatini, kreativ yondashuv asosida ta‘lim muammolarini qaytadan ko`rib chiqish davr talabiga aylanib bormoqda. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan bir qator vazifalar ijrosini ta‘minlash, faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativ qobiliyatlarini zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish, ta‘limni tubdan isloh qilish, mazkur tizimni yangi sifat bosqichiga ko`tarishning muhim shartlaridan biridir. Pedagoglarning innovatsion qobiliyatini rivojlantirish jarayoniga yangicha yondashuv uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, uni maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining ta‘limiy imkoniyatlari va tarbiyalanuvchilarning qobiliyatlarini o`stirish bilan bog`liq mustaqil faoliyatga tashabbus uyg`otish va qo`llab-quvvatlash; tarbiyachilar jamoasini hamkorlikdagi ijtimoiy ahamiyatga ega, innovatsion o`quv loyihalari, dasturlar, ta‘lim-tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishdagi ishtirokini ta‘minlash; ta‘limiy muhitda o`zaro hamkorlik aloqalari, sherikchilikni kengaytirish tushuniladi. Aytish o`rinliki, pedagoglarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘lim xizmatlarini diversifikatsiyalash, sifat menejmentini joriy qilish, pedagogik texnologiya va ta‘lim strategiyalarini o`zaro integratsiyalash, ta‘lim shakllarini optimizatsiyalash vazifalarini belgilaydigan texnik va inson resurslari va ularning o`zaro ta‘sirini hisobga olgan holda o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning butun jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi YUNESKO tomonidan alohida e‘tirof etildi. Mavzu mohiyatidan kelib chiqib aytish joizki, bugungi kunda pedagogik atamalar lug`atida kreativ, pedagogik kreativlik, kreativ qobiliyatlar, kreativ kompetentlik terminlarini juda ko`p uchratamiz. Kreativlik – (lot. «creare»; ingl. creativity- «yaratish», «bunyod qilish») – bu ijodiy qobiliyatlik darajasi, shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bo`lgan qobiliyati bo`lib, u kreativ tafakkur bilan bog`liq. Kreativ tafakkur – bu shaxsning o`z oldida turgan vazifalarini nostandart hal etish hamda o`z maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq yo`llarini topish qobiliyatidir. Ya‘ni kreativlik, asosan, boshqalarga o`xshamagan g`oyalarni o`ylab topish, an‘ana tusiga kirib qolgan fikrlashdan qochish hamda muammoli vaziyatlarni tez hamda samarali hal etish yo`llarini bilish hisoblanadi. Kreativlik insondagi ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga asos yaratadigan individual sifatlarining hamda fikrlash qobiliyatlarining birligidan iborat bo`ladi. Kreativ kompetentlik (ing. «sreate» yaratuvchanlik, ijodkorlik). Kompetentlikning bu turi pedagogning yangilik yaratish, ijodkorlik va tashkil etish singari ko`nikmalarga ega bo`lishi bilan bog`liq. Kreativlik faqatgina yangi g`oyalarni yaratish uchungina emas, balki shaxsning turmush tarzi va ma‘naviyatini yuksaltirish uchun ham katta ahamiyatga ega [11;]. Bir qator pedagogik adabiyotlar tahlili va keyingi yillarda ilmiy izlanishlar olib borilgan tadqiqot ishlarida ham kreativ, pedagogik kreativlik, kreativ qobiliyatlar, kreativ kompetentlik tushunchalariga atroflicha izoh berib o`tilgan. Kreativ yondashuv tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko`plab ta‘riflarini keltirish mumkin. Adabiyotlar tahlili asosida aytishimiz mumkinki, kreativlik termini Angliya Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo`lgan bo`lib, bunda kreativlikning intellekt bilan bog`liqlik masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqligi o`rganilgan. M.N.Gnatko kreativlikning mexanizmlarini ikkita turga ajratib tahlil qilgan. Bular: – potensial kreativlik – bu kreativlikning zaruriy sharti bo`lib, qanday sharoit bo`lmasin pedagoglarning kreativlikka tayyor turishi, shuning natijasida o`z g`oyalarini amalga oshirishidir. – faoliyatdagi kreativlik – bu muayyan bir sohadagi kreativlik hisoblanadi. Kreativlik pedagoglarda o`z-o`zidan paydo bo`lib qolmaydi. Gnoseologik, aksiologik va kreativ texnologiyalar (ta‘limning texnologik vositalari)ni faol ravishda ta‘lim jarayonida qo`llash kreativlik potensialini rivojlantirib borishga zamin yaratadi. Bu esa davrning ijtimoiy talabi bo`lib, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas tarzda pedagoglardan o`z ustida ishlashini, o`zini kreativ boyitib borishini, ilm-fanning yutuqlaridan boxabar bo`lib, ularni o`z faoliyatiga singdirib borishini talab etadi. B.X.Xodjayev ilmiy izlanishlarida o`quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta‘minot vositasida rivojlantirish o`qituvchining yangiliklarga bo`lgan intilishi, ularni o`zlashtirish va o`zining pedagogik faoliyatida foydalana olish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o`tish, innovatsion yangiliklarni o`zining faoliyatida faol, ijodkorlik bilan qo`llay olish, o`zining mualliflik g`oyalariga ega bo`lish hamda turli pedagogik vaziyatlarda ijobiy yechimlarni everistik yo`l topa olish qobiliyatlari bilan bog`liq bo`lgan kreativ kompetentlikga ega bo`lishni talab etadi degan fikrni ilgari suradi. [7;] Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, R.G.Safarova, M.A.Yuldashev, M.B.Urazovalar motivatsion va shaxsni rivojlantirish vaziyatlarini ishlab chiqish, ularni tahsil oluvchilarning o`quv-bilish faoliyati tarkibiy tuzilmasi asosida tuzish pedagogning kreativ qobiliyatlariga bog`liq jarayon ekanligiga urg`u beradi. Yuqoridagi olimlarimizning fikrlariga tayangan holda aytishimiz mumkinki, kreativ potensialni ko`tarish ideal kreativ kompetentlikga erishishning ilk qadami hisoblanadi. Pedagogik faoliyat va kuzatishlarimiz asosida aytishimiz mumkinki, pedagoglar o`z sohasi, kasbi bo`yicha raqobatbardosh bo`lishi uchun zarur bo`lgan tayanch kreativ kompetensiyalarga ega bo`lishi lozim. Fikrimizcha, har bir pedagog kasbiga sadoqat bilan yondashgan holda: – intellektual ijodiy tashabbuslar ko`rsatishi; – kasbiy bilimlarining kengligi va teranligi; – intellektual qobiliyatlarga ega bo`lishi; – turli ziddiyatlarga tayyor turishi; – ijodiy g`oyalarni ilgari surish va ularga tanqidiy munosabatlar bildira olish; – yangiliklarga intilish; – o`zining tajribalarini boshqalarning tajribalari bilan taqqoslagan holda o`zining imkoniyatlari, kamchiliklari va muvaffaqqiyatlarini anglab yetishi; – o`zidagi kreativ jihatlarni anglay olishi; – o`zini ko`rsata olishi, yangiliklarni amaliyotga olib kirishga tayyor turishi lozim. Pedagogik ta‘limda kreativ kompetensiyalarga asoslangan yondashuvni amalga oshirish uning asosiy maqsadiga erishishiga ko`maklashadi, bu esa bolalarni pedagogik qo`llab-quvvatlash orqali ularning yashirin aqliy qobiliyatlari (zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlash)ni namoyon qilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, pedagogik ta‘limda kreativ kompetensiyalarga asoslangan yondashuvni amalga oshirish uning asosiy maqsadiga erishishiga ko`maklashadi, bu esa bolalarni pedagogik qo`llab-quvvatlash orqali ularning yashirin aqliy qobiliyatlari (zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlash)ni namoyon qilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi 2017 – yil 7 – fevraldagi 4947-Farmoniga 1-ilovasi (www.lex.uz)
  2. Pedagogik atamalar lug`ati. / O`zbek, rus, ingliz tillarida/ O.Musurmanova va boshqalar. T.: ―TURON – IQBOL, 2019.844
  3. B.X.Xodjaev “Umumta‘lim maktabi o`quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta‘minot vositasida rivojlantirish”: Ped. fan. dok. diss. – Toshkent, 2016. – 260 b.
  4. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta‘lim sifatini boshqarish. – T.: Turon Iqbol, 2006 y. – 592 b. TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 5 – SON 148
  5. M.A. Yuldashev “Xalq ta‘limi xodimlarining malakasini oshirishda ta‘lim sifati menejmentini takomillashtirish”: Ped.fan. dok. diss. avtoreferati. – Toshkent, 2016. – 92 b.