Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/03/2023
Chop etish
Ko‘zimni yashnatib, kiyibsiz atlas..

JDPUda “Atlas sayli” bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda ko‘cha-ko‘yda atlas yo adrasdan tikilgan libosdagi qizu juvonlarni ko‘rganimizdada  har birimizning ko‘zimiz yashnab ketadi, ko‘nglimiz g‘ururga to‘ladi. O‘zbek Xalqining mana shunday qimmatbaho merosi borligidan hayratimizga hayrat qo‘shiladi, faxrimizga faxr esh bo‘ladi. Bugungi kunda Atlas va adras matolari YuNESKOning jahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Jizzax davlat pedagogika niversiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “Atlas sayli” talaba qizlarning milliy liboslar namoyishi bilan boshlandi. 10 dan ortiq nominatsiyalar tanlovida ishtirok etgan ishtirokchilar o‘zlarining liboslarini ta’riflash bilan bir qatorda uning talaba qizlar uchun qulay tomonlarini ham so‘zlab berishdi. “Atlas sayli”da  hakamlar hay’ati tomonidan eng munosiblar g‘olib deb topildi.

 

– Bilasizmi, mening hali ham atlas va adras ko‘ylaklarga mehrim bo‘lakcha. Mavridi topildi deguncha do‘kon va  bozorlarga aylanib, ana shu matolarni izlayman. Uni zamonaviy rusumda tiktirib kiyaman. Egnimda atlas bo‘lsa, qalbim milliy g‘ururga to‘lib, o‘zimni baxtiyor sezaman. Axir u ming asrlik tarixga ega, millatimizning iftixori, u bizga momolarimizdan yetib kelgan bitmas-tuganmas boyligimizdir. Yodingizda bo‘lsa, ilgarilar onalarimiz qizlariga beshik berganida, sunnat to‘ylar qilganida nabiralariga sarpolar qilsa, albatta, jajji qiz nevaralariga atlas ko‘ylak, o‘g‘il bolalarga zar chopon, do‘ppi tikib kiydirardilar. Menimcha, bunda ham ajoyib hikmat bor. Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan tashkil etilgan “Atlas sayli” ana shu qadriyatlarimizni o‘sha jozibadorligi bilan qaytarishga xizmat qilsa ne ajab,-deydi universitet xotin qizlar qo‘mitasi raisi Ziyoda Abduvalieva

Kiyim barcha millat va elat vakillarida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularning o‘ziga xos va munosib kiyimlari borki, ular milliy liboslarga aylanib ulgurgan. O‘zbek xalqining  o‘ziga xos va betakror milliy kiyimlariga xususan adras va atlasga butun dunyo havas qiladi. Jizzax davlat pedagogika universiteti hovlisida o‘tkazilgan  “Atlas sayli” o‘ziga xos milliyligimizni yana bir namoyish etgan bayramlardan biri bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Zotan milliy liboslar – g‘ururimiz, faxrimiz, ma’naviy boyligimiz, ularni e’zozlab, egnimizga kiyar ekanmiz, qalbimizni quvonch, baxt, shodlik tuyg‘ulari chulg‘ab olaveradi.


Ulashish:
1 093
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.