Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
06/05/2026
Chop etish
“Korrupsiyasiz ta’lim” — uchrashuv o‘tkazildi

JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari bilan “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda o‘quvchilarga korrupsiyaning mazmuni, turlari va salbiy oqibatlari, xususan, ta’lim sifatiga ta’siri haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, halol va shaffof ta’lim muhitining ahamiyati, bilim olishga bo‘lgan qiziqish va intellektual salohiyatni oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida murojaat yo‘llash tartibi, yolg‘on va tuhmatdan tiyilish, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi hamda korrupsiya holatlari haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.


Ulashish:
573
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.