Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
05/05/2026
Chop etish
“Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari bilan “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning turlari va salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Xususan, korrupsiya ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishni pasaytirishi va qonunbuzarliklarga olib kelishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, korrupsiyasiz ta’lim muhiti bilim sifati, intellektual salohiyat va adolatli raqobatni ta’minlashi qayd etildi.

Shuningdek, murojaatlar yo‘llash tartibi, ularda xolislikka rioya etish, yolg‘on va tuhmatdan saqlanish, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tushuntirildi. Ushbu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuniga ham to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.


Ulashish:
1 141
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili yakunlari va yangi mavsumga tayyorgarlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan Kengashning navbatdagi 11-sonli majlisi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Sharof Rashidov tumanidagi 34-sonli maktabda boʻlishdi
«Payshanba – yoshlar kuni»ga bagʻishlangan tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik va sheʼrxonlik tanlovlari, qiziqarli interaktiv oʻyinlar tashkil etildi.
Rasman: 1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar miqdori oshiriladi
Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi miqdorlari bosqichma-bosqich 7 foizga oshiriladi.