Jizzax davlat pedagogika universitetining Pedagogika–psixologiya va inklyuziv ta’lim hamda Filologiya fakultetlarida “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaning mazmuni, uning turlari, javobgarlik choralari, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, fan sillabuslari va o‘quv dasturlarini to‘liq bilmaslik ayrim hollarda akademik korrupsiyaga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.




Davra suhbatida ishtirokchilarga “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mazmuni ham tushuntirib o‘tildi.




Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovi ham tashkil etildi.
