Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
18/12/2024
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M.Parmanov boshchiligida Jizzax viloyatidagi OTMlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

KUN TARTIBIdagi masalalar:

1. OTM Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari tomonidan davlat xaridlarini muntazam ravishda tekshirib borish va nazorat qilish to‘g‘risida.

2. OTMlarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi arizaning to‘g‘ri to‘ldirilishi to‘g‘risida.

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bo‘limlarning rasmiy saytlaridagi ruknlar (sarlavhalar)ni yuritishdagi xato va kamchiliklar to‘g‘risida.

4. Turli masalalar bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida, 📌davlat xaridlari bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarida ko‘plab korrupsion holatlar bo‘lmoqda, shulardan manfaatlar to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarga jiddiy e’tibor berilishi kerakligi, 📌Ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi arizani elektron va qog‘oz ko‘rinishida olish, tahlil qilish, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rish, manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishining oldini olish lozimligi, 14.11.2024-yildagi 758-sonli qaroriga asosan pedagog xodimlar manfaatlar to‘qnashuvi keltirib chiqarmaydigan istisnolar ro‘yxatiga kiritilganligiga qaramasang ushbu holatlarga jiddiy e’tibor qaratish kerakligi, 📌Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bo‘limlarning rasmiy saytlaridagi ruknlar (sarlavhalar)ni yuritishdagi bir qancha xato va kamchiliklar bo‘layotganligi ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, OTMlarining rasmiy saytlari bo‘lishiga qaramasdan bir qancha OTMlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari tomonidan alohida sayt ochilganligi, 📌OTMlarning rasmiy veb saytlarida bo‘limlarining alohida ruknlari (sarlavhalar)ning yo‘qligi, ushbu ruknlarga muntazam ravishda targ‘ibot tashviqot materiallarning joylanmasligi, yangilab borilmasligi, 📌jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda shaxsga nisbatan tabaqalashing mavjudligi, murojaatlarni o‘rganishning oxirigacha yetkazilmasligi, qonun doirasida o‘rganilmasligi, 📌ayrim OTMlari Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlarining aloqa kanallari, sirli aloqa kanallari to‘g‘ri tashkil etilmaganligi, bo‘limlarning faoliyatiga jamoatchilikka talab darajasida yetkazilmasligi, aloqa kanallari orqali kelgan murojaatlarning o‘z vaqtida, tezkor ko‘rib chiqilmayotganligi, murojaatlarni oxirigacha o‘rganib, yechim qilish kerakligi aytib o‘tildi.

📌Shu bilan birga Oliy ta’lim muassasalarining OTMlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlarini Vazirlik bilan kelishmagan yoki ogohlantirmagan holda ishdan bo‘shatish va ishga olish holatlari ko‘p uchrayotganligi, natijada ushbu tashkilotda Vazirlik tomonidan berilgan topshiriqlarning 1-2 oylab sababsiz bajarilmay qolayotganligi, OTMlari rahbariyati tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlariga ishga olishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 8-oktyabrdagi 366-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan amalga oshirishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.


Ulashish:
909
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.