Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Seminarlar
Seminarlar
|
15/01/2019
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz

Institutning yangi madaniyat saroyida “Korupsiyaga qarshi kurashish  har birimizning vazifamiz” mavzusida seminanar trening bo‘lib o‘tdi deb xabar qiladi Jizzax davlat pedagogika instituti matbuot xizmati. Tabirni institut rektori, prof, A. Xolbekov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Jizzax viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari B. Soyipov,  viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori   Sh. Lutfullaev, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X. Ravshanovlar ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish, vakolatli organlar va ularning vazifalari, korrupsiyaga qarshi javobgarlik va bu masalada halqaro hamkorlik masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.  Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga hilof ravishda taqdim etishdir deb ta’kidlaydi Jizzax viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Soyipov. Halqaro valyuta jamg‘armasining hisob – kitoblariga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga 1, 5 trillion dollar miqdorida mablag‘ o‘zlashtirirlib, jahon iqtisodiyoti juda ko‘p miqdorda  zarar ko‘rmoqda. Shu bois koorupsiya va poraho‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin deydi Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Sh. Lutfullaev. “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida Jizzax viloyat Adliya boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i X. Ravshanovso‘zga chiqib, o‘z ma’ruzasida “Korrupsiya – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligini, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishini, insonlar huquqlarining buzilishiga olib kelishini, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishini,  adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy – huquqiy qadriyatlarning buzilishiga olib kelishiga alohida urg‘u berib, korrupsiyaga qarshi har kim doim kurashishi, bu illatning jamiyatga, taraqqiyotga va xavfsizlikka tahdid ekanini har bir ongli inson chuqur anglashi lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.  Qizg‘in bahs munozarlar ruhida o‘tgan tadbirda institut professor – o‘qituvchilaridan, U. Qosimov, B. Ochilova. Z. Pardaevalar so‘z olib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha  o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Shundan so‘ng institut rektori prof. A. Xolbekov barcha tadbir ishtirokchilarini bugungi kunda korrutsiyaga qarshi kurashishda professor – o‘qituvchilar ibrat va o‘rnak bo‘lishini, istitutga bu kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyasiz ta’lim modeliga o‘tish bo‘yicha aniq taklif va mulohaza hamda xulosalarini bayon qildi.

Tadbir so‘ngida Jizzax viloyat ichki ishlar, viloyat mahalla hayriya jamharmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, Jizzax shahar televedeniyasining mas’ul xodimlari korrupsiga qarshi kurash bo‘yicha fidoiylik namunalarini ko‘rsatganligi uchun munosib taqdirlandilar.

 


Ulashish:
2 628
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...