Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2025
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universitetining 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiyasi taqdimotini o‘tkazdi.

Unda oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilgan tizimli chora-tadbirlar hamda “Korrupsiyasiz soha” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida bajarilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari To‘xtasheva Umida Abdilovna o‘z chiqishida ta’lim tizimida korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, shu jumladan “korrupsiya klasteri” tushunchasi va uning amalda qanday ishlashi masalalari yuzasidan batafsil fikr bildirdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.


Ulashish:
3 716
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.