Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
13/02/2026
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi bilim va ong – xavfsiz kelajak kafolati.

Filologiya fakulteti tyutori va 1-kurs talabalari ishtirokida “Siyosiy. g‘oyaviy va iqtisodiy korrupsiya-xavfsizlikka tahdid, xalqaro korrupsiya, iqtisodiy-siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi oqibati sifatida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning siyosiy, g‘oyaviy va iqtisodiy ko‘rinishlari, uning davlat boshqaruvi tizimiga ta’siri, ijtimoiy-huquqiy oqibatlari hamda korrupsiya xavfini kamaytirishning institutsional va huquqiy mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining mazmuni, turlari, kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish usullari, ayniqsa ta’lim sohasidagi holatlar misolida tushuntirib berildi.

Seminar jarayonida Virtual akademiya elektron platformasining o‘quv imkoniyatlari taqdim etildi. Talaba-yoshlarga mazkur platforma orqali huquqiy bilimlarni mustahkamlash, mustaqil ta’lim olish va interaktiv kurslardan samarali foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.


Ulashish:
3 752
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...