Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2022
Chop etish
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabiti bilan tadbir tashkil etildi

Xalqimiz har yili 8 dekabr sanasini – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami sifatida katta shodiyona bilan nishonlaydi. Ayni shu kunlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab ushbu qutlug‘ ayyom shukuhi kezib yuribdi.Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyiga yig‘ilgan professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlarni ana shu shodiyona birlashtirdi desak xato qilmagan bo‘lamizBosh Qomusimizning 30 yiiligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda yutuqlarga erishgan talaba yoshlar e’tirof etildi.

 

Konstitutsiya o‘qituvchining jamiyatda tutgan yuksak o‘rnini yuqori daraja e’tirof etib, muhrlab qo‘ymoqda. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” degan naql bor va ustozlarni hurmat qilish milliy xarakterimizning ajralmas qismidir. Afsuski, yaqin yillargacha o‘qituvchilar obodonlashtirish, hatto qurilish ishlariga majburlanishi, yaqin o‘tmishimizning qora dog‘lari bo‘lib, bu oxir-oqibat ta’lim tizimiga putur yetkazdi. Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori Sh.Sharipov barchani bayram bilan qutlar ekan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, prezidentlik muddatining birinchi kunlaridanoq ta’limni isloh qilishni, birinchi navbatda o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini oshirishdan boshlash lozimligini ta’kidlaganini alohida qayd etdi.

Darhaqiqat Ustozga bo‘lgan yuksak ehtiromning Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topishi, mamlakatimizda ilm-fan, ma’naviyat-ma’rifat rivoji, Yangi Renessans poydevorini yaratish uchun kuchli huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadbir davomida yangaragan kuy-qo‘shiq hamda ijod namunalari xalqimizning ezgu-maqsadlarini o‘zida aks ettirgan Konstitutsiyamizga bag‘ishlandi.O‘ziga xos tarzda bo‘shlib o‘tgan bayram dasturida turli tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan talaba yoshlar taqdirlandilar.

 


Ulashish:
1 070
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.