Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2026
Chop etish
“Kitobxon talaba – 4”: nufuzli asarlar bilimdonlarni saraladi.

Universitetda “Kitobxon talaba” tanlovining 4-mavsumi Yoshlar yetakchilari boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlov bu gal adabiyot ixlosmandlari uchun dolzarb va mazmunan chuqur bo‘lgan asarlar asosida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar Asqad Muxtorning “Chinor” romani, Oybekning “Quyosh qoraymas” asari hamda George Orwellning “1984” romani yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Mazkur asarlar orqali talabalar milliy va jahon adabiyotining muhim g‘oyaviy-badiiy qatlamlarini, inson taqdiri, jamiyat va erkinlik masalalarini chuqur tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tanlov jarayonida 500 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etdi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra har bir fakultetdan 6 nafardan eng bilimdon kitobxonlar saralab olinib, tanlovning keyingi – “Zakovat” bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda milliy va jahon adabiy merosiga hurmat tuyg‘usini oshirishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
1 567
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.