Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2026
Chop etish
Kengash majlisida ilmiy daraja va unvonlar topshirildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 6-sonli majlisi tantanali taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Marosimda universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori asosida ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan 10 nafar professor-o‘qituvchi va pedagog xodimlarga diplom hamda attestatlarni tantanali ravishda topshirdi.

Tabrik so‘zida rektor bugungi kunda universitetning ilmiy salohiyati 47 foizdan oshganini 2026–2027 o‘quv yiliga kelib ushbu ko‘rsatkichni 65 foizga yetkazish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida universitetda ijtimoiy muhit tobora yaxshilanib borayotgani, professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasidagi seminar-treninglar o‘z samarasini berayotganini qayd etdi.


Ulashish:
1 518
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.