Karera markazi
Karera markazi
|
30/04/2026
Chop etish
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan dastur mazmuni tushuntirildi.

Uchrashuvda “O‘zmilliybank” AJ Jizzax filiali mas’ul xodimi Foziljon Nizomov ishtirok etib, imtiyozli kreditlar olish tartibi, zarur hujjatlar va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, universitetning Karera markazi hamda “Kelajakka qadam” markazi mutaxassislari tomonidan dastur imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bitiruvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv savol-javob va fikr almashish ruhida yuqori saviyada o‘tdi.


Ulashish:
785
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.