Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/09/2026
Chop etish
“Kelajak tadbirkori-2026” kasb,bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boshlandi

Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boshlandi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari qatorida Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi ham o‘z ko‘rgazma va loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar, kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar, shuningdek, amaliy seminarlar hamda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.


Ulashish:
819
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.