Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2026
Chop etish
“Kasb va mehnat kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Kasb va mehnat kuni” tadbiri doirasida viloyatdagi tashkilotlar, korxona va muassasalar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘z ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etdi.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti fakultetlari tomonidan mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda ko‘rgazmali burchaklar tashkil qilinib, ishtirokchilarga universitet ta’lim yo‘nalishlari, fakultetlar va kafedralar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da universitet bitiruvchilari ham faol ishtirok etib, mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

 


Tadbir davomida yoshlar startap loyihalari ko‘rgazmasi, “Eng yaxshi startap g‘oya” tanlovi, yosh rassomlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Shuningdek, tadbirga viloyatdagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tashrif buyurib, kasb tanlash va bandlik imkoniyatlari yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


Ulashish:
561
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...