Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2025
Chop etish
JIZZAXDAGI QIROL SEJONG KOREYS TILI MARKAZI – BIR YOSHDA.

Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan Qirol Sejong koreys tili markazi o‘zining birinchi yilligini katta tantana bilan nishonladi.Tadbir Xangul – koreys alifbosi kuniga hamohang ravishda o‘tkazilib, yorqin va madaniy rang-barang dasturlarga boy bo‘ldi.

Dasturda markaz o‘quvchilari va universitetning koreys tili filologiyasi talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida hip-hop raqslari, koreys qo‘shiqlari, qiziqarli tanlovlar, hamda “K-beauty”, “K-food” kabi master-klasslar tashkil etildi. Ishtirokchilar xanbok kiyib fotosessiya qilish, milliy taomlar tayyorlash va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Markaz menejeri janob Kimning ta’kidlashicha, Jizzaxdagi bo‘lim 2024-yilda 33 nafar tinglovchi bilan ish boshlagan bo‘lsa, hozirda 85 nafar o‘quvchi koreys tilini mukammal o‘rganmoqda. Markazda hafta davomida mashg‘ulotlar olib boriladi, har juma madaniyat kuni sifatida nishonlanadi.

Qirol Sejong markazi yoshlarga koreys tilini o‘rgatish bilan birga Sejong sertifikati orqali Koreyada ta’lim olish imkoniyatini ham yaratadi. Hozirgi kunda markazda 3-semestr o‘quv jarayonlari davom etmoqda.


Ulashish:
2 250
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.