Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/07/2024
Chop etish
Jizzaxda test sinovlari davom etmoqda.

Xabaringiz bor 14 iyuldan beri  Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududi talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar, ularning yaqinlari bilan gavjum. Bugun test jarayonlaring yettinchi kuni. Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari test jarayonlariga qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilishmoqda.Mavluda Umarqulova bugun  kelinini qo‘llab-quvvatlash uchun unga hamroh bo‘lib kelgan.

Qo‘lidagi 4 oylik chaqalog‘i bilan imtihon topshirishga kelgan Madina omad unga kulib boqishiga qattiq ishonadi. Chunki uni qo‘llab-quvalaydigan oilasi va qaynonasi bor. Abituriyentlar uchun hayajonli lahzalar boshlandi. Hudud atrofida ularni umid bilan yaqinlari, do‘stlari kutib turishibdi. Biz esa farzandlaridan kam bo‘lmagan hayajon bilan, ularga omad tilab turgan ota–onalarni suhbatga tortamiz.Maqsuda opaning ikki nafar nevarasi bugun test sinovlarini topshirgani kelishgan. IT  sohasini kelajakda mukammal egallash niyatida bo‘lgan yoshlar bobo va buvilarining qo‘llab quvvatlovi bilan bilim olish uchun astoydil intilishdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti faol yoshlari farzandlarini qo‘llab quvvatlash uchun kelgan ota-onalarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazishdi.         Universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturlar, kuylangan kuy va qo‘shiqlar farzandlariga ruhiy dalda berish uchun kelgan ota-onalarning kayfiyatini ko‘tardi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Universitet ma’muriyati tomonidan 20234/2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini fikrlari, mavjud muammo va takliflarini o‘rganishish maqsadida tashkil etilgan so‘rovnomalarda asosan «Test topshirish jarayonida ota-onalarga yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtiradimi?», «Bu yil nechanchi farzandingiz test sinovlarida ishtirok etmoqda?», «farzandingiz o‘qishga kirishi uchun davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilishini xohlaysiz?»,«Sizningcha ayni paytda korrupsion yo‘l bilan OTMlarga kirish mumkinmi?» mavzulari qamrab olingan. Abituriyentlarning ota-onalari uchun maxsus tashkil etilgan  ushbu ijtimoiy so‘rovnomalar test sinovlarining so‘nggi kunigacha o‘tkaziladi.


Ulashish:
789
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.