Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2025
Chop etish
Jizzaxda biologiya fanidan Respublika fan olimpiadasi boshlandi!
Bugun, Jizzax davlat pedagogika universitetida biologiya fanidan Respublika fan olimpiadasiga start berildi. Unda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan saralab olingan 50 ga yaqin iqtidorli va faol talabalar — bo‘lajak biologlar ishtirok etmoqda.

Olimpiada ishtirokchilarga o‘zlarining ilmiy bilimlari, tahlil qilish qobiliyati va ijodiy fikrlash salohiyatini namoyon etish imkonini yaratadi. Bellashuvlar bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, nazariy bilimlar bilan birga amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ham o‘z ichiga oladi. Universitetida o‘tkazilayotgan biologiya fanidan Respublika fan olimpiadasi yuqori darajada tashkil etilmoqda. Ishtirokchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bellashuvlar mukammal reja asosida amalga oshirilmoqda.

 

 

Olimpiada ikki bosqichdan iborat: Birinchi bosqichda talabalar nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Ikkinchi bosqichda esa amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z mahoratlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ishtirokchilarning ota-onalari uchun ham alohida kutish zallari tayyorlab qo‘yilgan. U yerda monitorlar orqali olimpiada jarayonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratilgan. Bu esa tadbirning ochiq va shaffof o‘tkazilayotganidan dalolatdir.

E’tiborli jihati shundaki, olimpiadada yuqori natijalarni qayd etgan talabalar kelgusida magistraturaga davlat granti asosida o‘qish uchun tavsiya etiladilar. Bu esa ular uchun yangi ilmiy marralarga yo‘l ochadi. Bugundan e’tiboran bellashuvlar rasman boshlandi. Olimpiada yuqori saviyada, oshkoralik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Kanalimizni kuzatib boring, kun davomida, tadbirdan fotolar, qiziqarli lavhalar va g‘oliblar haqidagi yangiliklar bilan peshma-pesh tanishtirib boramiz! Barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz!


Ulashish:
967
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.