Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ishtirokchilar 3 km masofada o‘z chidamlilik va sport mahoratini namoyon etishdi.









Ushbu marafonda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar orasida 1-o‘rinni Abduqayumov Shahobiddin, 2-o‘rinni Aktamov Uchqun va 3-o‘rinni Abdullayev Firdavs egalladi. Qizlar orasida esa 1-o‘rin Hayrullayeva Feruza, 2-o‘rin Abubakirova Farangiz va 3-o‘rin G‘aniyeva Zilolaga nasib bo‘ldi.
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!
