Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/10/2022
Chop etish
Jizzax viloyatida Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasining joriy yildagi ikkinchi – kuzgi mavsumiga start berildi.

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbari raisligida 2022 yil 11 oktabr kuni mahallalarni obod qilish va aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20 oktabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. Mazkur aksiya doirasida A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan  hududlarda  7000  dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekildi.

“Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” dagi savobli ishda oliygohimizning professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari ham chetda turishgani yo‘q, ezgu loyihada faol qatnashishmoqda. Mazkur “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida universitet hududidagi bo‘sh yerlariga 20 mingtup manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan.

Aziz yurtdoshlar “Yashil makon”  umummilliy loyihasi bir oylik yoki bir yillik tadbir emas. Ezgu maqsadlarga yo‘g‘rilgan aksiya doirasida kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt ko‘chatini ekish maqsad qilingan. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir ko‘chada, har bir mahallada, o‘zimiz yashayotgan hududda ko‘rinishi kerak.

Mana shu lahzalarda siz azizlarga murojaat qilmoqchimiz:

Aziz hamkasblar, qadrli talaba-yoshlar!

– Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim, – deydi davlatimiz rahbari.

Qadriyatlari go‘zal, nihol ekib olamga go‘zallik baxsh etadigan, tabiatga mehrli elmiz biz.  Keling biz ham havas va ishtiyoq bilan ko‘chat ekaylik. Bog‘lar yarataylik…tabiat va jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilaylik. Havas bilan ekkan kichik nihollarimiz esa yangi-yangi bog‘larga, chamanzorlarga  aylansin…ona tabiatga, insonga  naf keltirsin. Shundagina ona tabiat ham bizdan saxovatini ayamaydi. Farzandalarmiz, kelgusi avlodlar uchun sof va musaffo tabiiy sharoit yaratishga hissa qo‘shaylik. Yaxshi niyat va havas bilan ekilgan har bir ko‘chatlarimiz ulg‘ayib atrofimiz yashillikka burkanaversin.

                                             Jizzax davlat pedagogika universiteti

 

 

 

 


Ulashish:
1 135
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.