Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/08/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetining talabalar turar joylarida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari hamda universitet mas’ullari ishtirokida talabalar turar joylarining mavjud holati, xonalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, obodonlashtirish va tozalik ishlari, zarur jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalarni yangi o‘quv yilida munosib sharoitda kutib olish, turar joylarda yashash uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifa va tavsiyalar berildi.

20-avgustdan 30-sentyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni turar joy bilan ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida «Dolzarb qirq kunlik» e’lon qilingan.

Jizzax davlat pedagogika universitetida ham yangi o‘quv yilini yuqori tashkiliy darajada boshlash, talabalar uchun munosib va xavfsiz sharoitlar yaratish, talabalar turar joylarining tayyorgarlik holatini yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Ulashish:
907
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.