Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetining bitiruvchi kurs iqtidorli talabalarning malakaviy amaliyotlarini Jizzax shahridagi Prezident maktabida o‘tash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida xalqaro darajadagi o‘qituvchilarni tayyorlash – pedagogika oliy ta’lim muassasalarining eng ustuvor vazifalaridan biridir.

Bugungi kunda ta’lim tizimida asosiy tendensiyalardan biri ta’lim jarayonini xalqarolashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda jahon hamjamiyatiga ta’lim eksportini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyoti ta’lim tizimi taraqqiyoti hamda ta’lim eksporti bilan uzviy bog‘liq sanaladi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim eksportidagi eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri xalqaro mehnat bozoriga sifatli pedagoglarni yetkazib berish hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Jizzax davlat pedagogika universitetining bitiruvchi kurs iqtidorli talabalarning malakaviy amaliyotlarini Jizzax shahridagi Prezident maktabida o‘tash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda 14 nafar talaba Prezident maktabida malakaviy amaliyotni o‘tamoqda hamda xorijdan jalb etilgan o‘qituvchilardan xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rganmoqda.

Istiqbolda turgan eng muhim strategik vazifalardan biri universitet hamda Prezident maktabi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, universitetda Prezident maktablari dasturlari asosida o‘qita oladigan o‘qituvchilar tayyorlash hisoblanadi. Yuqoridagi vazifalarni hal qilish hamda amaliy faoliyatni samarali tashkil qilish maqsadida joriy yilning 11-fevrali kuni Universitet rahbariyati hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoasi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda istiqbolli vazifalar muhokama qilindi hamda amalga oshirishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida universitet pedagoglarining Prezident maktabi tajribalarini o‘rganish maqsadida Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining Prezident maktabida kafedra filialini tashkil qilish belgilandi.


Ulashish:
554
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar —...
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar...
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini...