Karera markazi
Karera markazi
|
10/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdori oshirilgani hamda “Kelajak tadbirkori” dasturi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Seminarda “Yosh tadbirkor”, “Biznes start”, “Biznes progress”, “Talaba invest” va “Mening birinchi kasbim” dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyalarni shakllantirish, startap loyihalarni amalga oshirish hamda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.


Ulashish:
880
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.