Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida yakuniy nazorat imtihonlari jadal davom etmoqda.

Kunlik yakuniy nazorat turlari haqida ma’lumotlarni e’lon qilishda davom etamiz. Joriy yilning 20-yanvar kuni yakuniy nazorat jarayonlari jami 46 ta fan bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, unda 2 999 nafar talaba ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.

Nazoratlarda 2731 nafar talaba ishtirok etgan bo‘lib, ishtirok ko‘rsatkichi 91,1 foizni tashkil qildi. 268 nafar talaba turli sabablarga ko‘ra yakuniy nazoratlarda ishtirok etmadi. Shuningdek, 17 nafar talaba belgilangan tartibda chetlatildi.

Yakuniy nazorat jarayonida jami 63 ta nazorat ishi o‘tkazildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra, 93 nafar talabaning ishlari qayta ko‘rib chiqish uchun tekshiruvga jalb etildi. Nazorat natijalari yuzasidan 24 ta apellyatsiya arizasi qabul qilindi.

Ayni paytga qadar 1948 nafar talabaning ballari tizimga kiritilgan bo‘lib, bu umumiy ko‘rsatkichning 65 foizini tashkil etmoqda. Qolgan natijalar belgilangan jadval asosida tizimga kiritilishi rejalashtirilgan.


Ulashish:
1 654
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.