Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari so‘zga chiqib, muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi tajribalari va qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida fikr bildirdilar.
Shuningdek, tadbirda Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari hamda bir qator startap tashabbuslari taqdimoti namoyish etildi.



Tadbir yakunida talaba-yoshlar ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ayrim fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyotini kengaytirish, o‘quv laboratoriyalarini ko‘paytirish, shuningdek fan olimpiadalari va ilmiy tanlovlarda talabalar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.






