Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/08/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
“Biz bitta kemadamiz, unda qanday suzish o‘zimizga bog‘liq”, — dedi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri E’zoza Karimova Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Tadbir avvalida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 73-sonli Farmoni doirasida belgilangan vazifalar xususida so‘z yuritdi.

— Bugun biz bog‘cha va maktablarga qanday mutaxassislar kerakligini aniq bilamiz. Mazkur Farmon esa maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzilishni to‘ldiradi. Shuni unutmasligimiz kerakki, transformatsiya jarayonlari to‘xtamaydi. Har bir ustoz va pedagog zamon bilan hamnafas ishlashi zarur. Oldimizda juda katta vazifalar turibdi, ularni sidqidildan bajarish esa siz-u bizga bog‘liq, — deya ta’kidladi vazir E’zoza Karimova.

Shundan so‘ng vazir Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan universitetga yangi rektor etib tayinlangan Maqsud Abdullayevich Yuldashevni jamoaga tanishtirdi. O‘z navbatida rektor Maqsud Yuldashev universitet kelajagi yo‘lida birgalikda mehnat qilish, ta’lim sifatini oshirish va yangi marralarni zabt etishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

 

Yig‘ilish yakunida faxriy ustozlar bugungi kunni universitet tarixidagi muhim voqea sifatida qayd etib, yangi rahbar boshchiligida jamoa yanada yuksak marralarni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirishdi.

 


Ulashish:
3 023
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.