Milliylikni ajdodlardan avlodlarga yetkazish barchamizning vazifamiz. Ana shu maqsadda Jizzax davlat pedagogika universitetida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Erta tongdan universitetning iqtidorli va ijodkor talaba-yoshlari o‘zbekona liboslarda, milliy musiqalar sadosi ostida kutib olishi va milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.








Ta’kidlash joizki, xalqimizning ko‘p asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi.





Buni ana shu liboslarda yal-yal yonib turgan professor-o‘qituvchilarimiz va talaba qizlarimiz qiyofasida ko‘rish mumkin.O‘zbek milliy liboslarida yorqin va chiroyli barchani o‘ziga maftun etayotgan yigit-qizlarimizga, latofatli ayollarimizga havas qilsang arziydi.