Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida milliy qadriyatlar va diniy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet masalalari muhokama qilindi.

“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat va universitet rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar milliy qadriyatlar xalqimizning asrlik tarixiy tajribasi va ma’naviy merosiga tayangan holda jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam poydevori ekanini ta’kidladilar. Globallashuv sharoitida turli mafkuraviy ta’sirlar kuchayib borayotgan bir paytda yoshlar ongida mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmning asl mohiyati, ularning jamiyat xavfsizligiga solayotgan tahdidlari atroflicha tahlil qilindi. Mutaxassislar radikal g‘oyalarning ko‘pincha diniy tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qilish orqali yoshlarni chalg‘itishga qaratilayotganini, bunday holatlarga qarshi huquqiy savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ishonchli manbalarga tayanish muhim ahamiyat kasb etishini urg‘uladilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirdilar. Yakunda yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish zarurligi alohida qayd etildi.


Ulashish:
2 357
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.