Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/07/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Bugun  universitetda Jismoniy madaniyat, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlarni topshirish boshlab yuborishdi.  Ijodiy imtihonlar belgilangan grafik asosida bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar yurtimizning boshqa OTMlaridan jalb etilganligini alohida qayd etish lozim. Shaffoflik va ochiqlikni ta’minlovchi yana bir muhim qadamlardan biri, Kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan yo‘nalishlarni onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi. Ota-onalar va abiturientlarning yaqinlari   jarayonni  jonli efir https://jdpu.uz/abiturientlarga/qabul-2022-jonli-efir ilovasi  orqali bemalol kuzatib borishlari  mumkin.

 

Tibbiyot xodimlari har bir abiturientni, ayniqsa sport yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirayotganlarni sog‘ligini alohida nazorat qilib borishmoqda. imtihon topshirish uchun kelgan barcha abiturientlarga gigiena talablariga rioya qilgan holda suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan.

Kuch va mahoratini, iqtidorini sinayotgan va talaba bo‘lishni orzu qilayotgan yigit-qizlarimizga talabalik  baxtiga erishing, omad sizga yor bo‘lsin deb qolamiz.

 


Ulashish:
1 124
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.