Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda. Xususan, joriy yil oktyabr oyidan boshlab har kuni soat 17:00 dan 19:00 gacha professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan onlayn ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.

Har kuni o‘tkazilayotgan mazkur darslar orqali 300 ga yaqin o‘qituvchi qamrab olingan bo‘lib, ularning til bilimini oshirishga amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonining samaradorligini baholash maqsadida har 3 oyda monitoring testlari o‘tkazib borish rejalashtirilgan. Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida shanba kuni “Ijtimoiy faollik kuni” sifatida tasdiqlandi. Ushbu tashabbus professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ijtimoiy faollik kuni” joriy etildi. Yangi amaliyot doirasida shanba kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat tashkil etildi:Shanba kunining birinchi yarmi: Professor-o‘qituvchilar uchun – “Uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” Respublika va xorijdan malakali trenerlar, ekspertlar ishtirokida seminar va treninglar o‘tkaziladi. Talabalar uchun – “Mustaqil ta’lim olish kuni” Universitet kutubxonalari va o‘quv resurslari talabalar ixtiyoriga to‘liq taqdim etiladi. Shanba kunining ikkinchi yarmi: “Ijtimoiy faollik kuni” Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ijtimoiy loyihalar va sport tadbirlari o‘tkaziladi.

Yangi amaliyotning ilk tadbiri sifatida “Oliy ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish tendensiyalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich ochib berdi. Rektor o‘z nutqida universitetda o‘quv jarayoni 5 kunlik tizimga o‘tgani, shanba kuni esa pedagoglar uchun kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan seminarlar doimiy o‘tkazilishini ta’kidladi.

Seminarning asosiy ma’ruzachisi Oliy ta’lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti dotsenti, pedagogika fanlari doktori Karimova Venera Arkinovna bo‘lib, u sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari, cheklovlari va xavfsizlik masalalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

 

 

Aytish joizki, universitetda yo‘lga qo‘yilgan ushbu amaliyot doimiy ravishda davom ettirilib, har shanba kuni “Ijtimoiy faollik kuni” doirasida respublika miqyosida tanilgan, faxriy unvonlarga ega, yuqori malakali mutaxassislar taklif etilishi belgilangan. Ular ishtirokida tashkil etiladigan seminarlar, mahorat darslari va ochiq muloqotlar professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 889
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.